Новости экономики и финансов

Avtokredit 2020 foto

Banklarda avto kredit berish uchun sharoitlar 2019-yilga nisbatan qanday o'zgarishlar kuzatildi.

2019-yil dekabr oyida aniq bo'lishicha, avto kreditdan qarzdorlar 2,7 barobarga oshgan. Bunday kreditlar bo'yicha qarz yuki 67.3% hollarda tavsiya etilgan darajadan oshadi. 2019-yilning 1-iyul xolati bo'yicha O'zbekistonda avtomobil kreditlari bo'yicha 85 ming dona debitor qarzdorlik mavjud edi, bu 2018-yilning xuddi shu davrga nisbatan 2.9 barobar va 2017-yildan 12 marta ko'p degani. Yopilmagan avtokreditlar umumiy soni 4519 ta, bu 2018-yilga nisbatan 2.7 marta ko'proq va  2017-yilga nisbatan 19 marta ko'proq.

2020-01-06 06:36:58

O'zbekistonda foto

Adliya vazirligi 1-dekabrdan qonunlarda qanday o'zgarishlar kutilayotgani haqida aytib o'tdi.

1. Kuchli moddalar tarkibidan tashkil topgan dorilar faqat ayrim dorixonalarda sotiladi.

2019-yilning 1-dekabridan boshlab tarkibiga kuchli moddalar kiritilgan dori vositalarining chakana savdosi faqat ijtimoiy dorixonalarda, shuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash va sotish uchun litsenziyaga ega dorixonalarda sotiladi.

2019-11-28 06:42:25

Omonat turlari 2019

2019-yil noyabr oyida O'zbekistonda eng daromadli omonat turlari.

Mamlakatimizda mavjud bo'lgan 30 ta banklardan 26 tasi kapitalni ko'paytirish uchun omonat turlarini o'z mijozlariga taklif qiladi. Shu bilan birga, ulardan 24 ta bank 20% ga teng yoki undan yuqori foiz bank omonat stafkalarini taklif qiladi. Taqqoslash uchun, 2019-yilning yanvar oyida 20% dan kam bo'lmagan stavka bilan omonat ochish faqat 12 ta bankda mavjud edi.

2019-11-06 05:32:09

Rossiya dollardan voz kechdi

Yaqindagina bo'lib o'tgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti yig'ilishida Rossiya Federatsiyasining bosh vaziri Dmitriy Medvedev o'zaro valyuta muomilasini amalga oshirishda dollardan voz kechgan holda boshqa moliya aloqa mexanizmini yaratish kerakligini ta'kidlab o'tdi.

2019-11-04 05:03:57

O'zbekiston xalqi foto

O'zbekistonda 2019-yil 1-noyabrdan nimalar kutmoqda.

Iqtisodiyotning turli sohalarida, qonunchilikda va boshqa asosiy o'zgarishlar haqida qisqacha ma'lumot. 2019-yil 1-noyabrdan boshlab O'zbekistonda bir necha yangilik kuchga kiradi. Ular orasida IMEI orqali qurilmalarni avtomatik ro'yxatdan o'tkazishning yakuni, hisoblagichlarni tekshirishning yangi tartibi va boshqalar.

2019-10-29 03:26:07

Chiroyli avtoraqam

Avtoraqam savdo maydonchasi yani "Avtoraqam Uzex Uz" ishga tushirilgandan buyon 50 ming dona raqam sotildi. Avtoraqam savdo platformasi faoliyati davomida "chiroyli" avtomobil raqamlarini sotish 245 milliard so'mdan ortiqni tashkil etdi yani hozirgi dollar kursi bilan aytganda 26.1mln AQSh dollari, deya xabar beradi tovar-xomashyo birjasi sayti.

2019-08-25 00:41:14

Valyuta sotuvi

Markaziy bankning matbuot xizmatidan ajoyib yangilik. Valyuta bozorini soddalashtirish chora tadbirlari ko'rib chiqildi va shu yilning 20-avgustidan boshlab yurtimizdagi barcha tijorat banklari valyuta ayirboshlash shaxobchalari orqali naqd chet el valyutalarini sotishga ruxsat berildi.

Saytimizni kuzatib borayotgan bo'lsangiz oxirgi kunlarda xorijiy valyutaning nafaqat davlat kursi balki banklarda almashinuv kurslari ham sezilarli yuqoriladi. 2019-yil 20-avgustida AQSh dollari birja savdolarida almashinuv kursi 9384 so'mga chiqdi.

2019-08-21 16:18:55

100 000 so'm

O'zbekistonda bugundan yani 25.02.2019 dan boshlab 100 ming so'mlik banknota muomalaga kiritilishi boshlandi.

Yangi banknotaning tashqi ko'rinishi buyuk olim va davlat arbobi Mirzo Ulug'bek bobomiz va uning astronomiyada amalga oshirgan yutuqlariga bag'ishlandi. Yangi banknota maxsus himoyalabgan qog'ozdan ishlangan bo'lib oldi va ort tomonlarining rangi ochiq jigarran va havorang.

2019-02-25 02:28:07