5 sentyabrdan dollarni davlat kursida sotish boshlanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 sentyabrda "Valyuta siyosatini erkinlashtirish bo'yicha dastlabki choralar to'g'risida”gi Farmonni imzoladi. Hujjat matni davlat rahbarining rasmiy saytida e'lon qilindi.
Farmonga muvofiq, joriy yilning 5 sentyabridan O'zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari joriy xalqaro operatsiyalar (tovarlar, mehnatlar va xizmatlar importi, foydani repatriatsiya qilish, kreditlarni so'ndirish, safar xarajatlarini to'lash va boshqa savdoga oid bo'lmagan o'tkazmalar) bo'yicha xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklanmagan miqdorda xarid qilishlari mumkin.
Shu sanadan boshlab O'zbekiston Respublikasi jismoniy shaxslari — rezidentlari tijorat banklarining konversion bo'limlarida xorijiy valyutani erkin sotish va xarid qilishlari mumkin. Bunda o'rnatilgan qoidaga ko'ra, sotib olingan mablag'lar xalqaro to'lov kartalariga o'tkazib beriladi va undan xorijda hech qanday cheklovlarsiz foydalanish mumkin bo'ladi.
Mulkchilik shaklidan qat'i nazar, eksport bilan shug'ullanuvchilarning xorijiy valyutadan tushumini majburiy sotish talabi bekor qilinadi.
Yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan xususiy tadbirkorlar, shuningdek, xorijiy valyutada daromadga ega bo'lgan fermer xo'jaliklariga o'zlarining bankdagi hisobvarag'idan naqd valyuta yechib olishiga ruxsat beriladi.
Farmon bilan tovarlar (ish va xizmatlar) uchun xorijiy valyutada to'lov qilish taqiqlanadi, xalqaro amaliyotga mos ravishda xalqaro to'lov kartalari bilan amalga oshiriladigan to'lovlar bundan mustasno.
Tovarlar, ish va xizmat uchun narxlar va tariflar, shuningdek, jamiyatlarning nizom jamg'armasiga minimal talablar faqat milliy valyutada ko'rsatiladi.
Davlat bojlari, yig'im va boshqa majburiy to'lovlar faqat so'mda amalga oshiriladi, konsullik yig'imlari bundan mustasno.
odamla bor yogidan ayrilip qoliwi mn bir kunda
uyini sotib kochada yotganlayam bor
sekin sekin tuwar kn bankdayam
1 USD = 8100.00 +3889.65
1 EUR = 9645.48 +4678.60
1 RUB = 139.91 +68.73 Хаммага куллук бусин! P. S бу давали курсе эртадан.[/quote]
va nihoyat a. Alvido qora bozor. Qaytib uchrashmaymiz degan umiddaman[/quote]
Bir kunni ichida 4500 qip qoymasa
1 USD = 8100.00 +3889.65
1 EUR = 9645.48 +4678.60
1 RUB = 139.91 +68.73 Хаммага куллук бусин! P. S бу давали курсе эртадан.[/quote]
va nihoyat a. Alvido qora bozor. Qaytib uchrashmaymiz degan umiddaman
Kontrakt eski narxda buladi.[/quote]
Kontrakt eski barcha buldi.
https://www.gazeta.uz/ru/2017/09/04/cbu/
1 USD = 8100.00 +3889.65
1 EUR = 9645.48 +4678.60
1 RUB = 139.91 +68.73 Хаммага куллук бусин! P. S бу давали курсе эртадан.
Сехрли экономистлар Хитой Россия ва Козогистон билан олди соттимизни куриб чикиб уртача йукотиш курмайдиган курс чикаради...Чунки шу учта давлат билан бизни ВВПмиз шаклланади!
ertadan 100$ ni bankdan sotasiz 8000 olasiz 8150 dan