O'zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi haqida aniq ma'lumot.

O'zbekiston Respublikasi oltin-valyuta zaxirasi to'g'risidagi Markaziy Bank tomonidan ko'rsatilgan aniq ma'lumot.
Oltin zaxirasi - bu har bir davlatning himoya yostiqchasi hisoblanadi. Krizis davri boshlanganda yoki valyuta rezervi tanqisligida ushbu oltin zaxirasini sotish yoki garovga qo'yish mumkin bo'ladi. Chunki u haligacha jahon bozorida o'z qiymatini yo'qotmagan. Lekin uning mavqeyi hozirgi kunga qaraganda avval yuqoriroq edi. Chunki oltin universal jahon valyutasi edi. barcha jahon savdolari u bilan hisob-kitob qilinar edi. Oltin zaxirasining hajmi milliy valyutaning qadr-qiymatini aniqlab berar edi va qacha ko'p oltini bor davlat, o'shancha ko'p kupyura bosib chiqararishi mumkin bo'lgan. Bu valyutaning inflyatsiya darajasini meyorida ushlab turishga yordam berar edi. 1944-yilgacha barcha dunyo davlatlari zaxiralarini faqatgina oltinda to'ldirishardi.
Hozirgi kunga kelib ham oltin o'z qadr qiymatini yo'qotgani yoq, lekin barcha jahon bozoridagi oldi-berdilar endilikda Amerika dollarida olib boriladi. Hozirda har bir davlat o'z zaxirasini nafaqat oltin bilan balki xorijiy valyuta bilan ham to'ldirishadi. Bugunda rivojlangan davlatlar xazinalari 70-80% oltin bilan to'ldirilgan, rivojlanayotgan davlatlarda esa buning aksi. Shunday bo'lsada oltin har bir davlatning ishonchli himoyasidir.
O'zbekiston oltin-valyuta zaxirasi (2017-2018 yil uchun).
| Ko‘rsatkichlar | 01.01.2017 | 01.01.2018 |
|---|---|---|
|
I. Yalpi oltin-valyuta zaxiralari |
26 mlrd 428,8 mln |
28 mlrd 076,9 mln |
|
1. Xorijiy valyutadagi aktivlar |
14 mlrd 172,3 mln |
14 mlrd 042,8 mln |
|
2. Monetar oltin |
12 mlrd 256,6 mln |
14 mlrd 034,1 mln |
|
II. Sof oltin-valyuta zaxiralari |
25 mlrd 188,3 mln |
26 mlrd 567,5 mln |
"O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida" gi Qonunga muvofiq, Markaziy bankning asosiy vazifalaridan biri sifatida Respublika oltin-valyuta zaxiralarini saqlash va boshqarish belgilangan. Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg'armasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat. Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi. Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi bundan mustasno) Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi valyuta mablag'larini, ya’ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.
Ushbu ma'lumot sizlarga manzur bo'lgan bo'lsa o'z fikringizni qoldiring.
Тожикистон озгартирдику пули кадирсизланип кетканида?