O'zbekiston va Hindiston o'rtasida 104,1 million dollarlik shartnoma imzolandi.

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida "O'zbekistonda ishlab chiqarilgan" belgisi ostida va o'zbek-hind biznes-forumi bo'lib o'tgan ko'rgazmada 104,1 mln dollarlik 29 ta shartnoma imzolandi, bu haqda Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu ko'rgazmada ikki davlatning 100 dan ortiq davlat idoralari va ishbilarmon tadbirkorlari ishtirok etdi. Xususan, ikki taraf o'rtasida 102,1 mlnga teng bo'lgan 28 ta eksport shartnomasi va bitta 2 mln dollarlik import shartnomasi imzolandi.
Ko'rgazma Investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi va "Uzekspomarkaz" tomonidan tashkil qilindi.
Shuhrat
2018-10-06 13:43:28
Yaxshi boʻlibdi, Xayrli boʻlsin!